Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktablar manfati adliya organlari tomonidan himoya qilindi.


Maktablar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ularda xorijiy tillarni o‘qitishning darajasi va sifatini oshirishni rag‘batlantirish, pedagog-o‘qituvchilarning xorijiy tillarni o‘rganishga qiziqishini oshirish, o‘qitish sifati bo‘yicha xalqaro mezon va standartlarga muvofiq yuqori ko‘rsatkichlarga erishishga zamin yaratish mqasdida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

2021-yil 9-sentabrdagi 562-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini uchun “Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab” tanlovini o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM tasdiqlangan.

Mazkur Nizomga ko‘ra tanlovning:

tuman (shahar) bosqichida 1-o‘rin uchun — 100 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 75 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 50 million so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichida

1-o‘rin uchun — 250 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 200 million so‘m, 3-o‘rin uchun — 150 million so‘m;

respublika bosqichida 1-o‘rin uchun — 500 million so‘m, 2-o‘rin uchun — 400 million so‘m, 3-o‘rin o‘rin uchun — 300 million so‘m miqdoridagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sovrini bilan mukofotlanishi belgilangan.

Shunga ko‘ra, Shahrisabz shahridagi maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli tanlovning shahar bosqichida 1-o‘rinni egallagan 16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi, 2-o‘rinni egallagan 1-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda

3-o‘rinni egallagan 24-umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining murojaatlari o‘rganilib, aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan umumiy o‘rta ta’lim maktablari manfaatida Shahrisabz tumanlararo iqtisodiy sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qilindi hamda mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan yuqoridagi umumiy o‘rta ta’lim maktablariga jami 225 000 000 so‘m miqdoridagi mukofot pullari undirib berilishi ta’minlandi.  

                                                                               Shahrisabz shahar adliya bo'limi