Bog'lanish

Telefon
(+998 75) 230-01-76

Elektron manzil
qashqadaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'riflaridagi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda


#adliya_hudud

Elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'riflaridagi o‘zgarishlar yuzasidan targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda

Xabaringiz bor, (https://t.me/kitab_district/37763?single) Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi "Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 204-son qarori (https://lex.uz/uz/docs/-6884060) qabul qilindi. Mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Kitob tumanida targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xususan, bugun tuman Adliya bo‘limi xodimlari tomonidan xuddi shunday tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Unda bo‘lim rahbari Rustam Muhammadiyev tomonidan joriy yilning 1-may kunidan elektr energiyasi va tabiiy gaz ta'riflariga kiritilgan o‘zgarishlar haqida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi. Shu kuni yig‘ilish ishtirokchilariga xuddi shu mazmundagi targ‘ibot materiallari ham tarqatildi.